date
views 4 638

Arteta «Real»ni mag‘lub etganidan so‘ng nimalar dedi?

Arteta «Real»ni mag‘lub etganidan so‘ng nimalar dedi?
Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar Ligasi chorak finalida “Real Madrid” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng jamoasi va muxlislar uchun unutilmas so‘zlar bildirdi.

“Bu kecha — mening futbol faoliyatimdagi eng unutilmas kechalardan biri. Jamoam bilan faxrlanaman. Biz bugun shunchaki g‘alaba qozonmadik — biz futbol tarixidagi eng buyuk jamoalardan birini musobaqadan chiqardik”, — dedi Arteta.

Murabbiy “Arsenal”ning psixologik ustunligi va ishonchi haqida ham gapirdi:

“Chorak finalga tayyorgarlik paytida jamoamga to‘liq ishondim. Ular maydonda har bir daqiqada bunga loyiq ekanini namoyish qilishdi. 15 marta YECHL g‘olibi bo‘lgan jamoani mag‘lub etish – bu katta ishonch va yangi maqsadlar sari qadamdir.”

“Arsenal” endi yarim finalda. Bu jamoa uchun yutuq bo‘lish barobarida, Yevropa grandlari orasida o‘z o‘rni borligini yana bir bor isbotlash demakdir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arteta «Real»ni mag‘lub etganidan so‘ng nimalar dedi?