
Angliya futbolida qayta qurish jarayoniga kirishgan “Manchester Siti” himoya chizig‘ini mustahkamlashni asosiy vazifalardan biri qilib belgiladi, deb xabar berdi City Xtra nashri.
“Shaharliklar” Italiyaning “Udineze” jamoasida to‘p surayotgan 25 yoshli fransiyalik himoyachi Umar Solega jiddiy qiziqish bildirmoqda.
30 million yevroga baholanayotgan futbolchi “Liverpul” va “Chelsi” ro‘yxatidan ham joy olgan, biroq muzokaralarni birinchi bo‘lib “Siti” boshlab yuborgan.
Husanov va Sole: himoyada yangi raqobat?
Qishda “Siti” Abduqodir Husanov va Vitor Reysni sotib olgan edi. O‘zbekistonlik yosh himoyachi jamoaga tez moslashdi va bir necha uchrashuvlarda asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Manbalarga ko‘ra, Xosep Gvardiola shaxsan Husanov bilan yozda yaqindan ishlamoqchi, uni kelajakda jamoaning markaziy himoyasida muhim figuraga aylantirishni reja qilgan.
“Husanovning salohiyatiga ishonamiz. Uning jismoniy va intellektual darajasi yuqori”, — deb baho berilmoqda murabbiylar shtabi tomonidan.
Yangi qo‘shilish – yangi imkoniyat yoki tahdid?
Umar Solening kelishi himoyada raqobatni kuchaytirishi kutilyapti. Shu bilan birga, Ake, Stounz yoki Akanjidan biri klubni tark etishi mumkin.
Bundan tashqari, “Siti” boshqa bir himoyachi – “Yuventus” futbolchisi Andrea Kambyasoni ham kuzatmoqda. Bu esa jamoa rahbariyati juda jiddiy maqsadlar sari intilyayotganidan dalolat.
Siz nima deb o‘ylaysiz: Husanov asosiy tarkibdagi o‘rnini saqlab qoladimi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar