
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar Ligasi chorak finalida “Borussiya Dortmund”ga qarshi javob o‘yinidagi mag‘lubiyatga izoh berdi. Kataloniyaliklar 1:3 hisobida yutqazgan bo‘lsa-da, ilk o‘yindagi 4:0 hisobidagi yirik g‘alaba orqali yarim finalga yo‘l oldi.
“So‘nggi ikki haftada qancha o‘yin o‘tkazganimizni bilasizmi? Menda hech qachon bunday jadval bo‘lmagan. Dam olishga vaqtimiz yo‘q.
Dortmundda yaxshi o‘ynamadik, ammo yarim finaldamiz. Bunday holat tabiiy”, — dedi Flik “Selta”ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Qachon to‘qnashuv?
“Barselona” va “Inter” o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi yarim finali 30 aprel kuni start oladi.
Siz nima deb o‘ylaysiz: Flik "Barsa"ni finalga olib chiqa oladimi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar