date
views 680

Abduqodir Husanov "Everton"ga qarshi o‘yinga tushadimi? Gvardiola buni ochiqladi

Abduqodir Husanov "Everton"ga qarshi o‘yinga tushadimi? Gvardiola buni ochiqladi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoada ishonchli va barqaror futbolchilarning bo‘lishiga alohida e’tibor qaratadi. Uning fikricha, jamoada futbolchilar soni ko‘p bo‘lishi emas, ularning ishonchliligi muhimroq hisoblanadi.

"Hozirda tarkibimiz katta va shunchalikki, bir-ikki futbolchi hatto "Gudison Park"dagi o‘yinga ham bora olmaydi. Bu ular uchun og‘riqli holat.

Ular o‘z uylarida qolishadi va o‘zlariga savol berishadi: “Men bu yerda nima qilyapman?”. Shuning uchun eng asosiysi — qaysi futbolchi ishonchliroq ekanini tahlil qilish. Bu juda muhim.

Agar futbolchi ishonchli bo‘lsa, unda biz uchun yetarli. Ammo agar u mavsumdagi faqat 20-25 foiz o‘yinlarda ishtirok etsa, unda o‘sha pozitsiyaga yana bir futbolchi kerak bo‘ladi.

Bu barchasi keyingi mavsum uchun. Agar tarkibimizda ishonchsiz futbolchilar qoladigan bo‘lsa, tarkibni kengaytirishga to‘g‘ri keladi. Biroq, biz to‘g‘ri muvozanatni topishimiz kerak", — deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot o‘rnida, bugun "shaharliklar" Mersisaydning "Everton" klubi bilan ro‘baro‘ keladi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanov "Everton"ga qarshi o‘yinga tushadimi? Gvardiola buni ochiqladi