Fransiya terma jamoasining sobiq yulduzi: «Mbappening «Real»ga o‘tishi katta xato bo‘ldi»

PSJ va Fransiya terma jamoasining sobiq yulduzi Jerom Roten Yevropa Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Kilian Mbappeni keskin tanqid qildi.
Fransiyalik mashhur sobiq futbolchi o‘z hamyurtining PSJni tark etib, «Real»ga o‘tishini katta xato sifatida baholadi.
«Hamma hozir Kilian Mbappeni muhokama qilmoqda. U orzusidagi jamoasi – «Real»ga Yevropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish va «Oltin to‘p»ni yutish uchun ko‘chib o‘tgan edi. U «Real» safida dunyoning eng kuchli futbolchisi bo‘lishni orzu qilgandi.
Biroq, odatda yangi klubga ko‘chgan o‘yinchiga moslashish uchun vaqt beriladi va undan tezkor natijalar kutilavermaydi. Lekin sen Kilian Mbappe bo‘lsang, bunday imkoniyat senga berilmaydi.
Har tomonlama olib qaraganda ham, bu mavsum Mbappe uchun barbod bo‘ldi. U endi bu mavsumda «Oltin to‘p»ni ola olmaydi. U ko‘p gol kiritayotgan bo‘lsa-da, o‘yinining darajasi juda past», – dedi Roten.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Fransiyalik mashhur sobiq futbolchi o‘z hamyurtining PSJni tark etib, «Real»ga o‘tishini katta xato sifatida baholadi.
«Hamma hozir Kilian Mbappeni muhokama qilmoqda. U orzusidagi jamoasi – «Real»ga Yevropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish va «Oltin to‘p»ni yutish uchun ko‘chib o‘tgan edi. U «Real» safida dunyoning eng kuchli futbolchisi bo‘lishni orzu qilgandi.
Biroq, odatda yangi klubga ko‘chgan o‘yinchiga moslashish uchun vaqt beriladi va undan tezkor natijalar kutilavermaydi. Lekin sen Kilian Mbappe bo‘lsang, bunday imkoniyat senga berilmaydi.
Har tomonlama olib qaraganda ham, bu mavsum Mbappe uchun barbod bo‘ldi. U endi bu mavsumda «Oltin to‘p»ni ola olmaydi. U ko‘p gol kiritayotgan bo‘lsa-da, o‘yinining darajasi juda past», – dedi Roten.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…