“Manchester Siti” "Everton" ustidan ishonchli g‘alabagа erishdi

“Manchester Siti” "Everton" ustidan ishonchli g‘alabagа erishdi
Angliya Premer-ligasining 32-turidan o‘rin olgan "Everton" – "Manchester City" uchrashuvida mehmonlar 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishishdi.

Gollar ikkinchi bo‘limda kiritildi: Niкo O’Rayli 84-daqiqada hisobni ochdi, 90+2-daqiqada esa Mateo Kovachich yakuniy nuqtani qo‘ydi.

“City” o‘yinni to‘liq nazorat qilib bordi — to‘pga egalik qilish 88%, 832 ta pas, 88% pas aniqligi, 12 ta zarba. Bu ko‘rsatkichlar orqali Guardiola shogirdlari ustunlikni to‘liq isbotlashdi.

"Everton" esa atigi 2 marta darvozaga to‘g‘ri zarba bera oldi. Bu mag‘lubiyat ularni turnir jadvalidagi xavfli holatdan uzoqlashtirishni qiyinlashtiradi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar