date
views 454

“Barselona” drama va golga boy o‘yinda “Selta”ni yengdi

“Barselona” drama va golga boy o‘yinda “Selta”ni yengdi
Ispaniya La Ligasining 32-tur uchrashuvida “Barselona” va “Selta” o‘rtasida haqiqiy gol shousi bo‘ldi. “Barselona” so‘nggi daqiqalarda penaltidan urilgan gol evaziga 4:3 hisobida zafar quchdi.

Mehmonlar safida Borxa Iglesias xet-trik qayd etdi (15’, 52’, 62’), ammo bu g‘alaba uchun yetarli bo‘lmadi. “Barselona” tomonida Ferran Torres (12’), Dani Olmo (64’) va Rafinya (68’, 90+8’ pen.) gol mualliflariga aylandi.

Statistikaga ko‘ra, “Barselona” to‘pga 73% egalik qilib, 753 ta pas bajardi. “Selta” esa 11 zarba berdi (8 nishonga). Bu g‘alabadan so‘ng “Barselona” 73 ochko bilan 1-o‘rinni saqlab qoldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona” drama va golga boy o‘yinda “Selta”ni yengdi