Chempionlar Kubokni boshlari uzra ko‘tarishdi va boshqa sovrinlarga ega chiqishdi (video)

Chempionlar Kubokni boshlari uzra ko‘tarishdi va boshqa sovrinlarga ega chiqishdi (video)
17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni bahsi yakunlandi. Unda hamyurtlarimiz 2:0 hisobida zafar quchdi.

Gollar Muhammad Hakimov hamda Sadriddin Hasanov tomonidan kiritildi. Qayd etish lozim, birinchi taymda hamyurtlarimiz 2 ta qizil kartochka olgandi. Shunga qaramay, termamiz vakillari mardonavorlik ko‘rsatdi va Osiyo chempioniga aylandi.

Mazkur chempionlikdan tashqari futbolchilarimiz individual sovrinlarga ham ega bo‘lishdi:
Ne’matulloh Rustamjonov – Turnirning eng yaxshi darvozaboni
Chempionlar Kubokni boshlari uzra ko‘tarishdi va boshqa sovrinlarga ega chiqishdi (video)
Asilbek Aliyev – Turnirning eng yaxshi to‘purari
Chempionlar Kubokni boshlari uzra ko‘tarishdi va boshqa sovrinlarga ega chiqishdi (video)
Sadriddin Hasanov – Turnirning eng yaxshi futbolchisi
Chempionlar Kubokni boshlari uzra ko‘tarishdi va boshqa sovrinlarga ega chiqishdi (video)
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar