date
views 0

Abduqodir Husanov maydonsiz qoldi: O‘zbekistonlik yulduzni nima kutayapti?

Abduqodir Husanov maydonsiz qoldi: O‘zbekistonlik yulduzni nima kutayapti?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov atrofidagi so‘nggi yangiliklar futbol muxlislarini jiddiy o‘yga soldi. "Manchester Siti" safidagi o‘yin amaliyoti biroz to‘xtagani va Gvardiola uni so‘nggi uchrashuvlarda maydonga tushirmayotgani turli taxminlarga sabab bo‘lmoqda.

Fevraldagi yulduz, aprelda — zaxirada
Abduqodir Husanov fevral oyi davomida “Siti”ning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri sifatida tilga olingandi. Biroq 30 mart kuni “Bornmut”ga qarshi Angliya kubogi bellashuvida tanaffusda almashtirilganidan keyin u haligacha birorta o‘yinda ishtirok etmadi.

Ungacha Abduqodir “Siti” safida APL, Yevropa Chempionlar Ligasi va Kubok uchrashuvlarida 9 ta o‘yinda qatnashib, 1 ta gol ham kiritgan edi. Lekin keyingi haftalarda u ichki raqobatda Niko O'Rayliga imkoniyatni boy berib, asosiy tarkibdan chetda qoldi.

Gvardioladan muntazam maqtov eshitgan himoyachining bunday vaziyatga tushib qolishi ko‘pchilik uchun kutilmagan hol bo‘ldi.

Yevropa nashrlari vaziyatga oydinlik kiritmoqda
Ispaniyaning mashhur fichajes.net saytida yozilishicha, “Manchester Siti” rahbariyati Abduqodirni tajriba to‘plashi uchun ijaraga yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

“O‘zbekistonlik himoyachi yozda jamoasini vaqtincha tark etishi mumkin. Uning salohiyati yuqori, lekin hozircha jamoa markazida to‘liq o‘z o‘rnini egallay olmadi,” — deb yozadi nashr.

Xosep Gvardiola ham bu g‘oyani ma’qullagan. Uning fikriga ko‘ra, ijara Abduqodirga Yevropa tempiga to‘liq moslashish va yanada boy tajriba to‘plash imkonini beradi.

Qiziquvchilar yetarli, qaror muhim
Abduqodirga nafaqat Angliya Premer-Ligasi klublaridan, balki boshqa yetakchi Yevropa chempionatlaridan ham qiziqishlar mavjud. “Siti” mutaxassislari bu ijara futbolchining o‘sishi va kelajakda jamoaning markaziy himoya chizig‘ini mustahkamlashda muhim omil bo‘ladi, deb hisoblamoqda.

“Ushbu ijara kelishuvi Husanovning kelajakda “Siti”dagi rolini yanada mustahkamlash uchun muhim qadam,” — deya ta’kidlaydi eksperti Nacho Estrella Dominges-Mompel.

Abduqodir kim? Eslatib o‘tamiz
Abduqodir Husanov 2023 yil yoziga qadar Fransiyaning “Lans” klubi sharafini himoya qilgan. “Manchester Siti” uni 2024 yil 20 yanvar kuni transfer qilgan.

Angliya chempioni unga juda katta ishonch bildirib, 40 million yevro transfer to‘lovi va 10 million yevro bonus taklif etgan. Hozirda u “Siti” bilan 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan shartnomaga ega.

Transfermarkt portali Husanovni 35 million yevro baholamoqda. U bu bilan Markaziy Osiyodagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi.

Siz nima deb o‘ylaysiz — Abduqodir “Siti” safida qolishi kerakmi yoki vaqtincha boshqa jamoada o‘ynab kelsa yaxshiroqmi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanov maydonsiz qoldi: O‘zbekistonlik yulduzni nima kutayapti?