
La Ligadagi muhim bosqich — 33-tur doirasida "Barselona" o‘z maydonida "Malorka"ni qabul qilmoqda. Kataloniya klubi ushbu o‘yinda turnir jadvalida yuqori pog‘ona uchun kurashni davom ettiradi.
Uchrashuv oldidan "Barsa" ustozi Xansi Flik tomonidan e’lon qilingan asosiy tarkib muxlislar e’tiborini tortdi.
"Barselona"ning asosiy tarkibi:
1. Wojciech Szczęsny (25) — Tajribali darvozabon so‘nggi haftalarda jamoaga muhim ishonch baxsh etmoqda.
2. Ronald Araújo (4) — Himoyadagi lider, xavfli vaziyatlarda jamoaning tayanchi.
3. Iñigo Martínez (5) — Havodagi kurashlarda katta ustunlikka ega, aralash himoya chizig‘ining tajribali bo‘g‘ini.
4. Gavi (6) — Energiya va xarakter timsoli. Yarim himoyada pressing va tashkilotchilik vazifasi unga yuklangan.
5. Ferran Torres (7) — Hujumning chap qanotida harakat qilishi kutilmoqda. G‘ayratli va hujumkor o‘yini bilan farqlanadi.
6. Pedri (8) — Jamoaning aqliy markazi. Asosiy uzatmalar, tempni boshqarish unga bog‘liq.
7. Ansu Fati (10) — Muxlislar umid bog‘layotgan yana bir nom. Qaytish u payti kelmadimi?
8. Lamine Yamal (19) — Barcha ko‘zlar unda! Yosh bo‘lishiga qaramay, o‘zini to‘liq namoyon etgan futbolchi.
9. Dani Olmo (21) — Ko‘p vazifali yarim himoyachi — u maydonda qayerda kerak bo‘lsa, o‘sha yerda paydo bo‘ladi.
10. Eric Garcia (24) — Himoyadagi barqarorlik undan boshlanadi. Ishonchli va tuzilishiga sodiq.
11. Héctor Fort (32) — Yana bir yosh imkoniyat. Unga ishonch bildirilgani Flikning yondashuvidagi yangilikni ko‘rsatadi.

Uyin sanasi: 23 aprel
Vaqt: 00:30
Joy: Camp Nou
Siz nima deb o‘ylaysiz — bu tarkib “Barsa”ga g‘alaba keltiradimi? Yamal va Fati kabi yoshlar uchun bu imkoniyatni qanchalik to‘g‘ri baholash mumkin?
Barselona Malorka La Liga Xansi Flik Lamine Yamal Ansu Fati Schesni Pedri Gavi Tarkib Futbol Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar