16:31 / 21.11.2016
6 470

Messiga «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirmasligi uchun 100 mln evro taklif qilishdi

Messiga «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirmasligi uchun 100 mln evro taklif qilishdi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi nomi sir tutilayotgan klubdan juda foydali taklif olgan.

El Mundo nashri ma’lumotiga ko‘ra, argentinalik futbolchiga jamoasi bilan shartnomasini uzaytirmasligi uchun 100 mln evro miqdorida bonus taklif etilgan. Agar futbolchi bu taklifga ko‘nsa, unga qiziqayotgan klub «Barselona» belgilab qo‘ygan 250 mln evro miqdoridagi badal pulini to‘lamaydi.

Messining katalonlar klubi bilan shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar amalda bo‘ladi.

Bundan oldinroq, Primeraning 14-turida, 3 dekabr kuni «Real»ga qarshi o‘yin o‘tganidan keyin Messi jamoa rahbariyati bilan yangi shartnomasi borasidagi muzokaralarni boshlashi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messiga «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirmasligi uchun 100 mln evro taklif qilishdi