
Ispaniya chempionatining 33-turida “Real Madrid” jamoasi mehmonda “Xetafe”ga qarshi murakkab kechgan uchrashuvda tor hisobda g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yinda yagona golni urgan Arda Gyuler jamoasiga uch ochko taqdim etdi.
Biroq bu g‘alaba “qaymoqranglilar” uchun ancha qimmatga tushgani ma’lum bo‘ldi.
El Larguero nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, o‘yinning oxirgi daqiqalarida jiddiy jarohat olgan Eduardo Kamavinga Ispaniya kubogining hal qiluvchi final bahsida ishtirok etolmaydigan bo‘ldi. E’tiborlisi, 26 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan ushbu muhim finalda “Real” o‘zining ashaddiy raqibi – “Barselona” bilan chempionlik uchun kurash olib boradi.
Qizig‘i shundaki, Kamavinganing o‘zi maydonga birinchi bo‘limning 46-daqiqasida David Alabaning o‘rniga tushgandi. Avstriyalik futbolchi o‘yinning boshlang‘ich qismidayoq chap oyog‘ida og‘riq his qilgan va shu sababli murabbiy uni ehtiyot chorasi sifatida almashtirgandi.
Ammo o‘yinning so‘nggi daqiqalarida raqib futbolchisi Luis Milya qo‘pollik bilan harakat qilib, fransiyalik yosh futbolchiga jiddiy shikast yetkazdi. Shundan so‘ng Eduardo maydonda harakatlana olmasligini sezdirdi. Bunda eng katta muammo shunda ediki, shu paytga kelib “Real”ning almashtirish imkoniyatlari tugagan edi. Natijada madridliklar o‘yinning qolgan qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazishga majbur bo‘ldi.
Endi “Real” va “Barselona” o‘rtasidagi prinsipial to‘qnashuvda Kamavinga maydonga tusha olmasligi Karlo Anchelotti jamoasining rejalariga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar