
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga doirasida bo‘lib o‘tgan «Xetafe» jamoasiga qarshi o‘yindan keyin (1:0) futbolchisi Arda Gyulerning maydondagi vaqti haqida gapirib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, uchrashuvdagi yagona gol aynan turkiyalik futbolchi tomonidan urildi.
Anchelottiga Gyulerning mavsum davomida ko‘proq o‘yin vaqti olish uchun unga nimalar yetishmayotgani haqida savol berildi. Murabbiyning fikricha, masala jamoaning taktik tizimi bilan bog‘liq.
«Agar biz 4-4-2 sxemasida harakat qilsak, Arda tayanch yarim himoyachi sifatida o‘ynay olmaydi. Uning o‘ynashi mumkin bo‘lgan yagona pozitsiya bu qanotda – o‘ng qanot bo‘ladi», dedi mutaxassis.
Biroq Anchelottining ta’kidlashicha, jamoa 4-3-3 sxemasiga o‘tgan holatda, Gyuler insayd sifatida jamoaga ko‘proq foyda keltirishi mumkin.
«U juda ko‘p mehnat qilmoqda. Ayni paytda unda jismoniy jihatdan yakkakurashlarda kuch biroz yetishmayapti. Lekin uning boshqa ko‘plab ajoyib sifatlari mavjud. Buni faqatgina u kiritgan gol sababli aytmayapman. Arda jamoaning o‘yin qurishida juda muhim rol o‘ynay oladi».
Anchelotti shuningdek, ko‘pchilik uchun g‘ayrioddiy tuyulishi mumkin bo‘lgan fikrni bildirdi: «Kelajakda Arda 4-3-3 sxemasida tayanch yarim himoyachi sifatida ham o‘ynay oladi. Chunki uning o‘yinni tashkil qilish qobiliyati ajoyib darajada yuqori». “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar