
Joriy mavsumda «Barselona» klubining asosiy yetakchilaridan biriga aylangan braziliyalik hujumchi Rafinya o‘zining samarali o‘yini bilan kataloniyaliklarga katta yordam bermoqda.
Shuning uchun ham uni o‘z saflariga jalb qilish istagida bo‘lgan badavlat klublar soni kundan kunga oshib bormoqda. Biroq «Barselona» rahbariyati ushbu futbolchi bilan hamkorlikni yanada uzoqroq muddatga cho‘zishga intilmoqda.
Hozirda Rafinya bilan tuzilgan shartnoma 2027 yil yozigacha amal qiladi. «Barselona» esa uni yana uzoqroq muddatga qoldirish niyatida.
Ispaniyaning Sport.es nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar jarayonida tomonlar bir nechta asosiy masalalar bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti.
Birinchidan, shartnoma muddati masalasida kelishmovchilik paydo bo‘lgan. «Barselona» Rafinya bilan amaldagi shartnomani 1+1 ko‘rinishida uzaytirishni xohlamoqda. Futbolchining vakillari esa shartnoma muddatini to‘g‘ridan to‘g‘ri ikki yilga uzaytirishni talab qilmoqda.
Ikkinchi jiddiy masala esa moliyaviy tomondan chiqdi. 28 yoshli futbolchi klub tomonidan taklif etilayotgan maosh miqdoridan norozi. Rafinyaning agentlari uning xizmat haqini oshirishni talab qilmoqda. Tomonlar shu masalada ham yakdil fikrga kela olgani yo‘q. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar