date
views 98

“Real” Vinisius ketsa Erling Xolandni olib kelishga urinadi

“Real” Vinisius ketsa Erling Xolandni olib kelishga urinadi
Agar Vinisius Junior "Real Madrid" safini tark etadigan bo‘lsa, madridliklar rahbariyati uning o‘rnini top darajadagi yulduz bilan to‘ldirishga harakat qiladi. Bu haqda The Athletic nashri xabar tarqatdi.

Oldinroq ommaviy axborot vositalarida Vinisius Saudiya Arabistoni klublaridan kelgan yirik moliyaviy taklifga qiziqib qolgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Keyinroq futbolchining o‘zi Madridda qolishga qaror qilgani aytildi. Shu bilan birga, braziliyalik futbolchining atrofidagilar uning “Real” bilan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha hozircha aniq kelishuv mavjud emasligini ham bildirishgan.

Manbaning yozishicha, agar braziliyalik vinger ketishga qaror qilsa, “Real” prezidenti Florentino Peres uning o‘rniga norvegiyalik mashhur hujumchi Erling Xolandni sotib olish bo‘yicha harakatlarni boshlaydi.

Erling Xoland yaqindagina "Manchester Siti" bilan shartnomasini 2034 yilgacha uzaytirganiga qaramasdan, kelajakda klubni tark etish istagi paydo bo‘lishi mumkin, deya yozmoqda manba. "Real" esa Xolandga uzoq vaqtdan beri qiziqib keladi va unga jiddiy talabgor hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Erling Xoland "Real Madrid"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar oldin ham tarqalgandi. Ammo futbolchi o‘shanda Ispaniya grandini emas, Pep Gvardiola boshqaruvidagi "Manchester Siti"ni tanlagan edi. Hozirda Xoland Yevropaning eng kuchli hujumchilaridan biri hisoblanadi va uning transferi uchun katta mablag‘ talab qilinishi aytilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” Vinisius ketsa Erling Xolandni olib kelishga urinadi