date
views 97

Xansi Flik hakamni himoya qildi: «Ularning qadriga yetaylik, hurmat qilaylik!»

Xansi Flik hakamni himoya qildi: «Ularning qadriga yetaylik, hurmat qilaylik!»
«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik Ispaniya kubogi finali oldidan bosh hakam Rikardo de Burgos Bengoechea bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. Avvalroq, hakam Bengoechea matbuot anjumanida hissiyotlarga berilib, o‘g‘li maktabda boshqa bolalar tomonidan «otang o‘g‘ri» deb haqoratlangani sabab yig‘lab yuborgan edi.

Xansi Flik hakamlarga munosabatda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirar ekan, ularni hurmat qilish va qadriga yetish kerakligini ta’kidladi:

«Hakamlar haqida izoh berish juda mushkul. Chunki futbol bu – sport va shunchaki o‘yin, unda his-tuyg‘ular jo‘sh urishi tabiiy. Ammo biz futbolchilarimizni himoya qilish bilan birga, hakamlarni ham himoya qilishimiz lozim. Ularga nisbatan hurmatsizlik qilishga haqqimiz yo‘q».

Flikning aytishicha, klublar, futbolchilar va murabbiylar hakamlarning qadrini tushunishi va ularga nisbatan ehtirom bilan munosabatda bo‘lishi shart.

Murabbiyning bu bayonoti hakamlarning ishiga nisbatan hurmatsiz munosabatni bartaraf etish, futbol maydonlarida adolat va o‘zaro tushunishni ta’minlash yo‘lidagi muhim chaqiriq bo‘ldi. Bu, ayniqsa, so‘nggi vaqtlarda hakamlarga bo‘layotgan bosim va tanqidlar ko‘paygan sharoitda o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xansi Flik hakamni himoya qildi: «Ularning qadriga yetaylik, hurmat qilaylik!»