
«Barselona» klubining yosh yulduzi Lamin Yamal Yevropa Chempionlar ligasi yarim finali doirasida Italiyaning «Inter» jamoasiga qarshi kechadigan muhim bahs oldidan jurnalistlar savollariga javob berdi. Matbuot anjumanida 17 yoshli iqtidor egasi o‘zini klub afsonasi Lionel Messi bilan taqqoslashni yoqtirmasligini aytib o‘tdi.
«Men o‘zimni boshqa bir futbolchi, ayniqsa Messi bilan taqqoslashni istamayman. Bunday solishtirishlarni qilishni sizlarga qoldiraman. Bunday gaplarning men uchun hech qanday ahamiyati yo‘q. Faqat futboldan zavq olib, o‘zim tanlagan yo‘l bo‘ylab borishga harakat qilaman. Shu paytgacha Leo bilan shaxsan muloqot qilmaganman. Umid qilamanki, kelayotgan davr faqat Laminning emas, balki butun «Barselona»ning davri bo‘ladi», – deya fikr bildirdi Yamal.
Yosh hujumchi bu mavsum «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy figuralaridan biriga aylanib ulgurdi. Uning ajoyib o‘yinlari muxlislar va mutaxassislarning e’tiborini tortib, ko‘plab klublardan qiziqish uyg‘otmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» hamda «Inter» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi yarim finalining dastlabki uchrashuvi 1 may kuni Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi. Ushbu to‘qnashuv Yevropa futbolida katta qiziqish bilan kutilayotgan o‘yinlardan biri hisoblanadi.
O'zbekiston yangiliklari Barselona YulduziLamin YamalFutbol MuhlisiChempionlar LigasiToshkent VaqtiMessi Bilan Taqqoslash Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar