date
views 88

Aleksandr Xomyakov "Andijon"ning birinchi liga jamoasiga mag‘lubiyatini qanday izohladi?

Aleksandr Xomyakov "Andijon"ning birinchi liga jamoasiga mag‘lubiyatini qanday izohladi?
O‘zbekiston kubogi 2-turidan o‘rin olgan "Lochin" - "Andijon" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida

- G‘alaba bilan "Lochin" jamoasini tabriklayman. Ular ajoyib o‘yin o‘tkazishdi, olqishga arziydi. Keyingi o‘yinlarda omad tilayman.

- "Andijon" amaldagi kubok sohibi. Jamoa guruh bosqichidayoq musobaqani tark etishiga fikringiz qanday?

- Natijalarni kuzatamiz. Biz uchun bu yilgi kubok uchrashuvlari og‘ir o‘tdi. Futbolda hohish va ishonch bo‘lmasa, g‘alabaga erishish qiyin. G‘alaba uchun harakat qildik, lekin o‘xshamadi.

- O‘zbekiston kubogi deyarli boy berildi. Superligada ham natijalarni juda yaxshi deb bo‘lmaydi. Buyog‘iga qanday maqsadlar bor?

- Bu muammo, biz tushunib turamiz. Chempionatda oxirigacha kurashamiz, muvaffaqiyatli natijalar uchun harakat qilamiz. Xalqaro maydonda ham o‘yinlarimiz bor, biz hali kurashdan chiqib ketmadik. Futbolda hohish ko‘p narsani hal qiladi. Ishtiyoq, hohish jamoalarning qaysi ligada o‘ynayotganini ahamiyatsiz holatga keltirib qo‘yadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Xomyakov "Andijon"ning birinchi liga jamoasiga mag‘lubiyatini qanday izohladi?