
«Barselona» klubining bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar ligasi yarim finalida «Inter»ga qarshi bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yin (2:2) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
— O‘yinning boshlanishi biz uchun qiyin bo‘ldi. Dastlabki daqiqalarda e’tiborsizlik oqibatida darvozamizdan ikki marta to‘p olib chiqdik. Lekin jamoa ruhan sinib qolmadi va tezda o‘zimizni tiklab oldik. Bahsning birinchi qismida ham ijobiy, ham salbiy jihatlarimiz bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim esa ham futbolchilar, ham stadionga yig‘ilgan muxlislar uchun ancha qiziqarli kechdi.
«Inter» ajoyib va tartibli jamoa ekanligini ko‘rsatdi. Ularning tarkibida tajribali futbolchilar ko‘p, shuning uchun ham bu jamoa Chempionlar ligasi yarim finaliga yetib kelgan. Hech qanday raqib tasodifan bu bosqichgacha yetib kelmaydi.
Biz uchun hali hech narsa hal bo‘lmadi, Milandagi javob o‘yinida albatta g‘alaba qozonishimiz zarur. Bu bahs final oldidan haqiqiy final bo‘ladi. Hozirdanoq jamoamiz o‘sha bellashuvga tayyorgarlikni boshlaydi.
Bugungi o‘yinda ko‘rsatgan harakatlari uchun futbolchilarimdan mamnunman. Ular ajoyib tarzda kurashishdi va xarakter ko‘rsatishdi, — dedi «Barselona» ustozi.
BarselonaXans-Diter FlikChempionlar LigasiInter JamoasiFutbolchilar HarakatiMilandagi Javob O‘yini O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar