
Italiyaning mashhur klubi «Roma» bosh murabbiyi Klaudio Raneri A Seriyaning navbatdagi turida «Fiorentina»ga qarshi kechadigan muhim o‘yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Mazkur tadbirda italiyalik tajribali mutaxassis O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov haqida ham alohida to‘xtalib o‘tdi, deb xabar beradi Roma Press nashri.
Raneri o‘zbekistonlik hujumchi haqida so‘zlar ekan, uning o‘yin maydondagi harakatlarini yuqori baholab, quyidagi iliq fikrlarni bildirdi:
«Ertangi bellashuvda Shomurodovning Dovbik bilan birga asosiy tarkibda maydonga tushishi ehtimoli juda yuqori. Eldor biz uchun muhim o‘yinchi. U har bir bahsda o‘zini to‘liq va aniq maqsad bilan ishga soladi. O‘yin davomida ko‘p marta og‘ir bosimlarni yengib o‘tgan, lekin hech qachon o‘z yo‘lidan ortga chekinmaganini ko‘rganman. Undagi mana shu kuchli xarakter menga yoqadi. Eldor – tilla yigit», – deb ta’kidladi mutaxassis.
Eslatib o‘tish joizki, Eldor Shomurodov shu mavsum «Roma» libosida umumiy 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, jamoasi uchun 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va yana 4 ta golli pas berish bilan ajralib turdi. Ayni paytda o‘zbekistonlik hujumchi jamoasining yetakchilaridan biri sifatida muxlislar va murabbiylarning hurmatini qozongan.
Qayd etish lozim, bundan avval Eldor Shomurodov «Roma» muxlislari tomonidan aprel oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan va uning jamoadagi o‘rni yana bir bor e’tirof etilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, «Roma» va «Fiorentina» o‘rtasidagi qizg‘in o‘yin 4 may kuni bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi. Mazkur uchrashuv Eldor va uning jamoadoshlari uchun chempionatdagi o‘rnini yanada yaxshilash yo‘lida juda muhim hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar