date
views 1 408

Abbosbek Fayzullayev: «Abduqodirni butun O‘zbekiston bilan birga qo‘llab-quvvatlayapmiz»

Abbosbek Fayzullayev: «Abduqodirni butun O‘zbekiston bilan birga qo‘llab-quvvatlayapmiz»
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskva SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev «Manchester Siti»da to‘p surayotgan do‘sti va hamyurti Abduqodir Husanovni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlayotganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Husanov joriy mavsumning qishki transfer oynasida Fransiyaning «Lans» klubidan Angliyaning amaldagi chempion jamoasi safini to‘ldirgan edi. Hozircha u Premer-ligadagi to‘qqizta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobida birta golni yozdirib qo‘ydi.

Fayzullayev jurnalistlar bilan suhbatda Abduqodir bilan doimiy aloqada ekanini ta’kidlab o‘tdi:

– Husanovning o‘yinlarini kuzatib boryapsizmi?
– Albatta, kuzataman. Biz tez-tez suhbatlashib turamiz, deyarli har kuni aloqadamiz. Unga faqat yaxshi narsalarni tilayman. Biz uni faqat o‘zim emas, butun O‘zbekiston bilan birgalikda qo‘llab-quvvatlab turibmiz.

– U sizni «Manchester Siti»ga taklif qilmadimi?
– Yo‘q, – dedi Fayzullayev hazil aralash tabassum bilan.

Hamyurtlarimiz Abbosbek Fayzullayev va Abduqodir Husanov so‘nggi paytlarda Yevropada o‘z iqtidori bilan juda ko‘pchilikning e’tiborini jalb qilishga erishmoqda. Ularning faoliyati o‘zbek futboli uchun yangi tarixiy davrni boshlab bergani haqida futbol ekspertlari va muxlislar tomonidan iliq fikrlar bildirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abbosbek Fayzullayev: «Abduqodirni butun O‘zbekiston bilan birga qo‘llab-quvvatlayapmiz»