date
views 4 439

“Inter Mayami”da qora kunlar: muxlislar Messini haydashni so‘rayapti...

“Inter Mayami”da qora kunlar: muxlislar Messini haydashni so‘rayapti...
Yevropa futbolida nom qozongan bir qator yulduzlarni o‘z safida jamlagan “Inter Mayami” klubi omadsiz seriyadan chiqib keta olmayapti. AQSHning Florida shtatida joylashgan ushbu jamoa kuchli transferlar va katta sarmoyalarga qaramay, yangi mavsumda kutilgan natijalarni ko‘rsata olmayapti.

Yarim finalda mag‘lubiyat — musobaqaga xayr

KONKAKAF Chempionlar ligasi yarim finalida “Inter Mayami” Kanada jamoasi “Vankuver Uaytkeps”ga qarshi ikki bahs o‘tkazdi. Birinchi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi, javob o‘yinida esa 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan Mayami klubi musobaqani tark etdi.

Bu natija nafaqat jamoa va murabbiylar shtabini, balki sardor Lionel Messining faoliyatini ham savol ostida qoldirdi.

Muxlislar sabr kosasi to‘ldi

“Inter Mayami”ning katta umid bilan taklif qilgan yulduzi Lionel Messi ayni paytda ko‘plab tanqidlarga duch kelmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar tomonidan bildirilayotgan fikrlar qattiq kayfiyatda yozilgan:

JAKE BUCKLEY: “Inter Mayami”ning hozirgi himoya chizig‘i professional futbol tarixidagi eng yomonlaridan biri!”

James: “Maskerano qanday qilib bosh murabbiy bo‘ldi — tushunmadim!”

ThePessiLad: “Men klub tashkil etilganidan beri uni qo‘llab-quvvatlab kelganman. Lekin endi Messining ketishini xohlayman. Uning borligi jamoa rivojiga to‘siq bo‘lyapti. Bekxem janoblari, unga boshqa klub toping!”

Laisser Maeda: “Messi kabi 'kichik' yulduz va Suares kabi qariya futbolchilardan bezdik!”

Kody Cicale: “Messining klubni tark etgani haqida rasmiy xabarni kutayapman.”

Finalga yo‘l olganlar kimlar?

Endilikda KONKAKAF Chempionlar ligasining hal qiluvchi bahsida “Vankuver Uaytkeps” Meksikaning “Krus Asul” jamoasi bilan to‘qnashadi. Ushbu final 1 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

“Inter Mayami” jamoasi yulduzlarni yig‘ish bilan muvaffaqiyat qo‘lga kiritish mumkin emasligini yana bir bor isbotladi. Jamoa sardori Lionel Messi so‘nggi kunlarda keskin tanqidlarga duch kelmoqda. Endi bosh murabbiy va klub rahbariyati qanday qaror qabul qiladi?

Siz nima deb o‘ylaysiz — “Inter Mayami” Messisiz yaxshiroq o‘ynaydimi yoki barchasini tuzatish uchun vaqt kerakmi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Inter Mayami”da qora kunlar: muxlislar Messini haydashni so‘rayapti...