date
views 1 511

Karlo Anchelotti «Real»da qoladimi? Murabbiy o‘z rejalarini ochiqladi!

Karlo Anchelotti «Real»da qoladimi? Murabbiy o‘z rejalarini ochiqladi!
«Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uning kelajagi haqida, xususan, Braziliya milliy terma jamoasi boshqaruviga o‘tishi mumkinligi yuzasidan paydo bo‘lgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

«Men klubimni, futbolchilarimni va muxlislarni yaxshi ko‘raman, ularga hurmatim beqiyos. O‘zimning kelajak rejalarimni 25 may kuni e’lon qilaman, undan avval emas», – dedi italiyalik mutaxassis.

Anchelotti ayni vaqtda faqat joriy mavsumning qolgan o‘yinlariga e’tibor qaratayotganini ta’kidladi:
«Biz bugungi kun bilan yashayapmiz va oldindagi uchrashuvlarni o‘ylayapmiz. Hali ham kurashish imkoniyati bor deb o‘ylaymiz, shuning uchun La Ligada oxirgi daqiqagacha kurashib, chempionlik uchun harakat qilamiz».

Shuningdek, Anchelotti mavsum davomida jarohatlar va muammolar ko‘p bo‘lganiga qaramay, jamoaning ertangi «Selta»ga qarshi bahsda yaxshi natijaga erishishiga ishonchi komilligini bildirdi:

«Ha, jarohatlar va qiyinchiliklar juda ko‘p bo‘ldi. Lekin ertagi o‘yinda maydonga yaxshi tarkib tushirishimiz va g‘alaba qozonishimiz mumkinligidan shubham yo‘q».

Shu bilan birga, murabbiy o‘zini juda yaxshi his qilayotganini ham qo‘shimcha qildi:
«Hozircha o‘zimni yaxshi his qilyapman. Fikrlarim aniq va ravshan – nima qilmoqchi ekanim, nima qilishim kerakligi va qanday harakat qilayotganimni aniq bilaman».

Anchelottining ushbu javobi uning klubda qolishi yoki ketishi borasidagi savollarga yana biroz aniqlik kiritgan bo‘lsa-da, barcha aniq xabarlar uchun 25 may kunigacha kutishimizga to‘g‘ri keladi. Murabbiyning kelajakdagi qarori «Real» muxlislari uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karlo Anchelotti «Real»da qoladimi? Murabbiy o‘z rejalarini ochiqladi!