Superliga. OKMK superkambek amalga oshirib, "Andijon"ni mag‘lub etdi

1 daqiqa o'qish1.9K
Superliga. OKMK superkambek amalga oshirib, "Andijon"ni mag‘lub etdi
Superliganing 8-turidan o‘rin olgan navbatdagi bahs yakuniga yetdi. OKMK o‘z maydonida "Andijon"ni qabul qildi. Mazkur to‘qnashuvda mezbonlar superkambek amalga oshirgan holda g‘alabani qo‘lga kiritdi - 4:3.

Dastlab, 16-daqiqada Xurshid G‘iyosov mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, oradan ko‘p o‘tmay esa Bektemir Abdumannonov 19-daqiqada oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.

Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalaridagi Altin Kreziu (39) va Sardorbek Azimov (42)ning gollari esa "burgutlar"ning tanaffusga ishonchli hisobda yo‘l olishini ta’minladi. 60-daqiqada qizil kartochka bilan jazolangan Ali Abdurahmonov jamoasining keyingi daqiqalarda bir kishi kam bo‘lib o‘ynashiga sabab bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning 85-daqiqasiga kelib penaltidan unumli foydalangan G‘iyosov dubl amalga oshirib, oradagi farqni qisqartirdi. 90+4-daqiqada himoyadagi tartibsizlikdan foydalangan Oybek Rustamov kuchlarni tenglashtirib qo‘ydi. Hakam 90+5-daqiqada mezbonlar darvozasi tomon yana 11 metrlik jarima zarbasini belgiladi va G‘iyosov bahsdagi xet-trikni rasmiylashtirib qo‘ydi.

Shu tariqa, olmaliqliklar muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va turnir peshqadamiga aylanib oldi.

OKMK – "Andijon" 4:3
Gollar
: Xurshid G‘iyosov (Dilshodbek Ahmadaliyev) 16', Xurshid G‘iyosov penalti 87', Oybek Rustamov (Islom To‘xtaxo‘jayev) 90+3', Xurshid G‘iyosov penalti 90+7' – Bektemir Abdumannonov 19', Altin Kreziu (Bektemir Abdumannonov) 39', Sardor Azimov (Ilhomjon Abdug‘aniyev) 42'

OKMK: 25.Dilshod Yoqubov, 4.Mirjamol Qosimov (77.Nodirbek Abdurazzoqov, 56), 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 7.Dilshodbek Ahmadaliyev, 9.Kleydi Datsi (27.Ali Abdurahmonov, 56), 10.Xurshid G‘iyosov, 11.Ruben Sanches (8.Aziz Xolmurodov, 78), 15.Oybek Rustamov, 19.Ahmadullo Muqumjonov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 28.Arixiro Sentoku (99.Asadbek Sobirjonov, 78).
Zaxira: 1.Humoyunshoh Sayyotov, 5.Giorgi Papava, 13.Eldorbek Begimov, 16.Naoki Senaga, 90.Abubakr Rizo Turdialiyev.

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 4.Islombek Mamatkazin, 5.Abdulvohid G‘ulomov, 6.Altin Kreziu (8.Iskandar Shayqulov, 63), 7.Rustam Turdimurodov (11.Islam Mashukov, 90), 10.Ilhomjon Abdug‘aniyev (32.Luka Uskokovich, 90+3), 13.Sardorbek Azimov, 18.Damir Temirov (9.Mirzad Mehanovich, 90), 33.Oleg Zoteyev, 66.Miomir Jurichkovich, 71.Bektemir Abdumannonov (22.Usmonali Ismonaliyev, 90).
Zaxira: 25.Valijon Rahimov, 14.Abdurahmon Komilov, 17.Farhod Sohibjonov, 23.Doniyor Abdumannopov.

Ogohlantirishlar: Altin Kreziu (31), Avazbek O‘lmasaliyev (67), Eldor Adhamov (90+2).
Chetlatish: Ali Abdurahmonov (60).
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?