
La Liga 34-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Barselona" jamoasi safarda "Valyadolid" ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv "Valyadolid"ning "Xose Sorrilya" stadionida bo‘lib o‘tdi. Mezbonlar 6-daqiqada Ivan Sanchesning goli bilan hisobni ochdi. Ammo ikkinchi bo‘limda "Barselona" javob qaytardi — Rafinhaning 54-daqiqadagi va Fermin Lopesning 60-daqiqadagi gollari jamoaga g‘alaba olib keldi.
Statistikaga ko‘ra, “Barselona” to‘pni 82% nazorat qilgan va 24 marta darvozaga zarba yo‘llagan. Jamoa 704 ta pas bajargan va ulardan 90 foizi aniq bo‘lgan. Mezbonlar esa atigi 4 ta aniq zarba bera olgan. Ushbu g‘alaba "Barselona"ning turnir jadvalidagi yetakchiligini mustahkamladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar