
Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelottini milliy terma jamoaning yangi ustozi sifatida tayinlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ispaniyaning AS nashri ma’lum qildi.
Nashrning yozishicha, italiyalik taniqli mutaxassis Karlo Anchelotti va CBF prezidenti Ednaldo Rodriges o‘rtasida dastlabki kelishuvga erishilgan. Biroq Anchelotti hozirgi vaqtda «qaymoqranglilar» bilan ishlashni ustuvor vazifa sifatida qabul qilgan.
Shunga qaramay, Braziliya futbol konfederatsiyasi ushbu kelishuvni imkon qadar tezroq rasmiylashtirish niyatida. Xususan, CBF rahbariyati La Liganing muhim va shov-shuvli o‘yini bo‘lgan, 12 may kuni o‘tadigan «Barselona»ga qarshi «El-klasiko»dan so‘ng shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Anchelottining Braziliya terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lib o‘tishi mamlakat futboli uchun katta voqea bo‘lib, jamoaning jahon chempionatidagi ishtiroki uchun yangi davr boshlanishi kutilmoqda.
Aytish kerakki, Anchelottining klubdagi katta tajribasi va chempionlik unvonlari uning Braziliya milliy jamoasida ham yuqori natijalarga erishishiga umid uyg‘otmoqda.
Braziliya FutbolKarlo AnchelottiCBF PrezidentiMilliy TermaEl-KlasikoJahon Chempionati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar