10:34 / 23.11.2016
5 373

EChL. F guruhi. Yangi tarix yaratgan o‘yin

EChL. F guruhi. Yangi tarix yaratgan o‘yin

Evropa chempionlar ligasi tarixida bir yo‘la ikkita yangi rekord qayd qilindi. «Borussiya» va «Legiya» jamoalari bu tarixning yaratilishida bosh rollarni o‘ynab berishdi.

Dortmundda kechgan uchrashuvda avvaliga EChL tarixidagi eng sermahsul (7ta gol) bo‘lim qayd qilindi. Ammo bu bilan jamoalar to‘xtab qolishgani yo‘q. Ikkinchi bo‘limda muxlislar yana beshta golga guvoh bo‘lishdi va bu EChL tarixida bitta o‘yinda eng ko‘p gol kiritilgan uchrashuvga aylandi. Yakunda 8:4 hisobida g‘alaba qozongan Tomas Tuxel shogirdlari 13 ochko bilan guruhda karvonboshilikni davom ettirmoqda.

«Real» esa xuddi birinchi o‘yinda bo‘lgani kabi «Sporting»ni so‘nggi daqiqalarda bosh bilan kiritilgan gol evaziga mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Madridda kechgan o‘yinda mezbonlar Morata tomonidan so‘nggi soniyalarda kiritilgan gol evaziga g‘alabani ilib ketgan bo‘lsa, bu safar Benzema bu rolni bajarib berdi va jamoasiga 1-o‘rin uchun kurashish imkoniyatini saqlab qolishda ko‘maklashdi. «Real» hisobida 11 ochko bor. «Borussiya» va «Real» keyingi bosqichga chiqish masalasini hal qilib bo‘lishgan. So‘nggi turda Madridda kechadigan jamoalarning o‘zaro o‘yinida guruh g‘olibi nomi aniq bo‘ladi. «Sporting» va «Legiya» jamoalari esa Evropa ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

EChL. 5-tur
F guruhi


Sporting (Portugaliya) – Real Madrid (Ispaniya) 1:2 (0:1)
Gollar: 0:1 – 29 Varan, 1:1 – 80, penalti Adrien Silva, 1:2 – 87 Benzema.
Sporting: Ruy Patrisiu, Joau Pereyra, Koates, Ruben Semedu, Zegelar, Vilyam Karvalyu, Jelson Martinsh, Bruno Sezar (Kempbell, 62), Adrien Silva, Ruis (Skelotto, 67), Dost (Andre, 77).
Real Madrid: Navas, Karvaxal, Ramos, Varan, Marselo (Koentrau, 71), Modrich, Kovachich, Vaskes, Isko (Benzema, 67), Beyl (Asensio, 58), Ronaldu.
Chetlatish: Joau Pereyra (64).

Borussiya D (Germaniya) – Legiya (Polsha) 8:4 (5:2)
Gollar: 0:1 – 10 Priyovich, 1:1 – 17 Kagava, 2:1 – 18 Kagava, 3:1 – 20 Shaxin, 3:2 – 24 Priyovich, 4:2 – 29 Dembele, 5:2 – 32 Roys, 6:2 – 52 Roys, 6:3 – 57 Kuxarchik, 7:3 – 81 Passlak, 7:4 – 83 Nikolich, 8:4 – 90 Roys.
Borussiya D: Vaydenfeller, Rode, Ginter, Bartra (Durm, 62), Passlak, Kastro, Shaxin (Obameyang, 70), Dembele (Shyurrle, 72), Kagava, Pulishich, Roys.
Legiya: Chejnyak, Bereshinski, Chervinski, Pazdan, Jeznichak, Gilerme (Yodloves, 55), Kopchinski, Kuxarchik, Odjidja-Ofoe (Nikolich, 75), Radovich, Priyovich (Veteska, 69).

Manba: tribuna.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » EChL. F guruhi. Yangi tarix yaratgan o‘yin