date
views 43

O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi Ostona shahriga yetib bordi

O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi Ostona shahriga yetib bordi
Terma jamoamiz "Qazaqstan Barysy Grand Slam" turniri uchun Ostona shahriga yetib bordi. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

9-11 may kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqada ishtirok etish uchun turnir manziliga yetib bordi. "Qazaqstan Barysy Grand Slam" turnirida dunyoning 45 davlatidan dzyudochilar medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan qimmatli ochkolar uchun tatamiga chiqishadi.

Ostonaga yo‘l olgan delegatsiyamiz:
-60 kg: Mirodil Murodillayev
-60 kg: Doston Ro‘ziyev
-66 kg: Muhriddin Tilovov
-66 kg: Dilshod Baratov
-73 kg: Asadbek Norbo‘tayev
-73 kg: Muhammadyahyo Muhammadjonov
-81 kg: Nodirbek Mavlonberdiyev
-90 kg: Azizbek Avazmurodov
-100 kg: Muhammadali Tangriyev
-100 kg: Muhammadsodiq Sodiqov
+100 kg: O‘tkirbek To‘raboyev
+100 kg: Javohir Murodullayev

Ayollar:
-48 kg: Fotima Tursunboyeva
-48 kg: Ulbusin Hakimova
-52 kg: Umida Jumaniyozova
-63 kg: Sevinch Isoqova
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva

Murabbiylar - Aleksey Budolin, Iskandar Rasulov, Aziz Tashmatov
Shifokor - Stromm Nelli
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi Ostona shahriga yetib bordi