
Yakunlanayotgan mavsum Yevropa futbolida yirik o‘zgarishlar bilan yodda qolishi mumkin. Ulardan biri – “Manchester Siti”ning ko‘p yillik yetakchisi va o‘yinni boshqaruvchi markazi Kevin de Bryuynening jamoani tark etishi bo‘ladi. Bu haqda klub rasmiy ravishda e’lon qildi.
10 yillik tarixga nuqta qo‘yiladi
Xosep Gvardiola “Siti”ga bosh murabbiy sifatida kelganidan bir yil avval, 2015 yilda jamoa safini to‘ldirgan de Bryuyne, klub tarixidagi eng muhim futbolchilardan biriga aylandi. Uning rejissyorlik qobiliyati, intellektual o‘yini va jamoani oldinga yetaklash mahorati tufayli “shaharliklar” so‘nggi o‘n yilda Yevropaning eng barqaror jamoasiga aylandi.
Biroq 2025 yil yozida, ya’ni 34 yoshga to‘ladigan mavsumida, Kevin o‘zining yangi sahifasini ochishga qaror qildi.
Jahon bo‘ylab takliflar – AQSH, Saudiya, Yevropa...
De Bryuynega bugungi kunda bir qator yirik takliflar kelib tushmoqda. Jumladan:
- AQSH MLS ligasidan moliyaviy jihatdan juda manfaatli shartnomalar,
- Saudiya Arabistoni klublaridan yuqori maoshli takliflar,
- va albatta, Yevropaning eng kuchli jamoalaridan qiziqishlar.
Shu bilan birga, Angliya Premer-ligasidagi bir necha jamoalar ham u bilan muzokara o‘tkazishni xohlayotgani haqida xabarlar tarqalgan. Biroq Transfer News Live nashri ma’lum qilishicha, Kevin de Bryuyne Angliyadagi raqib jamoalarga o‘tish variantini mutlaqo rad etgan.
E’tibor markazida – “Napoli”
Ayni paytda de Bryuyne jamoa izlayotgani va eng ehtimoliy manzil – Italiya A Seriyasidagi “Napoli” ekani aytilmoqda. Neapolliklar ham bu haqda ilk rasmiy munosabatni bildirib, futbolchi bilan aloqa o‘rnatilganini tasdiqladi.
Agar ushbu transfer amalga oshsa, bu nafaqat “Napoli”, balki butun A Seriya uchun jiddiy kuch va obro‘ bo‘ladi. Chunki de Bryuyne hali ham jahon darajasidagi pleymeyker sifatida qolmoqda.
Kevin de Bryuynening “Siti”dagi faoliyati 5 ta Premer-liga chempionligi, 2 ta Kubok, 5 ta Liga kubogi va, eng muhimi, 2023 yildagi Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibligi bilan yodda qoldi.
Zamin.uz tahririyati ushbu transfer haqidagi yangiliklarni kuzatishda davom etadi. De Bryuyne faoliyatidagi yangi bo‘lim qaysi mamlakatda ochilishini esa tez orada bildiramiz.
Kevin De BryuyneManchester SitiNapoli TransferiYevropa FutboliSaudiya ArabistoniPremer Liga O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar