date
views 74

“Bolonya” finalda “Milan”ni mag‘lub etdi

“Bolonya” finalda “Milan”ni mag‘lub etdi
Italiya Kubogi finalida “Bolonya” klubi “Milan” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuv “Milan”ning uy stadionida bo‘lib o‘tdi. Yagona gol 53-daqiqada Dan Ndoye tomonidan kiritildi.

“Milan” to‘pni ko‘proq nazorat qildi (54%) va 497 ta pas uzatdi. Biroq “Bolonya” hujumda faolroq ko‘rinib, darvoza tomon 11 ta zarba berdi va 5 tasi aniq bo‘ldi.

Har ikki jamoa 11 tadan qoida buzdi. “Milan”ga 2 ta, “Bolonya”ga 3 ta sariq kartochka ko‘rsatildi. Qizil kartochkalar qayd etilmadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Bolonya” finalda “Milan”ni mag‘lub etdi