date
views 100

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevdan ajoyib g‘alaba: O‘zbekiston hisobiga yana bir oltin medal qo‘shildi!

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevdan ajoyib g‘alaba: O‘zbekiston hisobiga yana bir oltin medal qo‘shildi!
Bugun World Boxing tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro boks turniri – WBO kubogi musobaqasida hal qiluvchi final janglari bo‘lib o‘tmoqda. Yurtimizning iste’dodli charm qo‘lqop ustalari mazkur musobaqada munosib tarzda ishtirok etishmoqda va buning natijasida bugunga qadar finalga yetib kelgan 7 nafar bokschimiz oltin medallar uchun kurash olib bormoqda.

Hozirgina -65 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini munosib tarzda himoya qilayotgan iqtidorli bokschimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ringga ko‘tarildi. Ushbu vazndagi hal qiluvchi bahsda Asadxo‘jaga Bolgariya vakili Viktorio Iliyev raqiblik qildi. Besh raund davom etgan keskin va shiddatli jangda bokschimiz ustunlikni o‘z qo‘liga olib, hakamlarning bir ovozdan (5:0) qarori bilan musobaqaning eng yuqori zinasidan joy oldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevning bu g‘alabasi terma jamoamiz uchun turnirdagi ikkinchi oltin medal bo‘lib, umumiy hisobda jamoamizning natijalarini yanada yaxshiladi. Bundan tashqari, mazkur sovrin yurtimiz boksining xalqaro miqyosdagi mavqeini yana bir marta tasdiqladi.

Ayni vaqtda bizni yana bir qiziqarli va juda muhim bellashuv kutmoqda. -80 kg vazn toifasida yurtimiz nomidan jang olib borayotgan mahoratli bokschimiz Javohir Ummataliyev Italiya sharafini himoya qilayotgan Alfred Kommeyga qarshi ringga chiqadi. Bu jangda ham terma jamoamiz a’zosining g‘alaba qozonishiga ishonchimiz katta.

Zamin.uz tahririyati ushbu nufuzli turnirda ishtirok etayotgan bokschilarimizga omad va g‘alabalar tilaydi hamda jang natijalari haqidagi ma’lumotlarni sizlarga tezkorlik bilan yetkazib boradi. Biz bilan birga bo‘ling!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevdan ajoyib g‘alaba: O‘zbekiston hisobiga yana bir oltin medal qo‘shildi!