
“Manchester Siti”ning tajribali yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne o‘ziga qo‘yilayotgan eng muhim savol — “Qayerda o‘ynashni davom ettirasiz?” — haqida nihoyatda ochiq gapirdi.
Aprel oyida 33 yoshli belgiyalik yulduz “shaharliklar” bilan rasmiy ravishda xayrlashishini e’lon qilgandi. U 2015 yildan beri “Siti” safida to‘p surib, jamoa tarixida muhim iz qoldirdi — 420 uchrashuvda 108 ta gol va 177 ta assist muallifi bo‘ldi.
De Bryuyne jurnalistlar bilan suhbatda kelajagiga oydinlik kiritdi:
“Hozirgi paytda bir nechta klublar bilan muzokaralar olib bormoqdaman. Qayerda o‘ynashim hozircha aniq emas, lekin har qanday holatda ham yuqori darajadagi futbolni davom ettirish niyatim bor. Bu faqat mening emas, balki oilam va bolalarim uchun ham muhim qaror bo‘ladi. Angliyada qolishim mumkinmi? Hammasi kim taklif berishiga bog‘liq.”
Joriy mavsumda Kevin turli musobaqalar doirasida 38 uchrashuvda qatnashdi, 6 ta gol va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning hozirgi formasi va tajribasi hali ham yuqori darajada futbol o‘ynashga tayyor ekanligini ko‘rsatmoqda.
Zamin.uz tahririyati De Bryuyne taqdiriga oid yangiliklarni diqqat bilan kuzatishda davom etadi. Siz uni kelgusi mavsumda qayerda ko‘rishni istaysiz? Angliyada qolishinimi yoki yangi sahifani boshlashinimi?
Kevin De BryuyneManchester SitiFutbolYulduzMuzokaralarUchrashuvlarOynashAngliyaOilaviy Qaror O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar