
Seriya Aning 37-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Inter” o‘z maydonida “Latsio”ni qabul qildi va o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi, deb Zamin.uz xabar berdi.
Inter jamoasi uchun gollar Yan-Aurel Bissek (45+2) va Denzel Dumfris (79) tomonidan urildi. Latsio safida esa Pedro Rodriges 72 va 90 (penalti) daqiqalarda aniq zarbalar bilan javob qaytardi.
O‘yin statistikasi:
• Interning 10, Latsioning 12 zarbasi qayd etildi.
• To‘p nazoratida ustunlik Inter tomonda — 56%.
• Interda 530, Latsioda esa 424 pas amalga oshirildi.
• Har ikkala jamoa ham 85% aniq pas ko‘rsatkichiga ega bo‘ldi.
• Follar soni: Inter — 14, Latsio — 10.
• Sariq kartochkalar: Inter — 1, Latsio — 3.
• Qizil kartochka qayd etilmadi.
• Burchak zarbalari: Inter — 5, Latsio — 1.
Ushbu natijadan so‘ng, Inter 78 ochko bilan 2-o‘rinda qolmoqda. Latsio esa 65 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing