
Jahon futboli tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida mashhur bo‘lgan Krishtianu Ronalduning o‘g‘li ham endi xalqaro sahnada o‘z nomini yoritmoqda.
Xorvatiyada bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro turnirda Portugaliyaning U-15 terma jamoasiga taklif qilingan kichik Ronaldu ushbu musobaqada o‘zining ilk gollarini urishga erishdi. Turnirning finalida mezbon Xorvatiya yoshlar termasiga qarshi kechgan o‘yinda 14 yoshli iqtidor egasi raqib darvozasiga ikki marotaba gol urishga muvaffaq bo‘ldi va jamoasining 3:2 hisobidagi muhim g‘alabasini ta’minladi.
Kichik Ronalduning ajoyib harakatlari nafaqat muxlislar, balki ko‘plab Yevropa klublari skautlarining e’tiborini jalb etdi. Ayni damda Yevropaning yigirmaga yaqin top klublari Ronalduning o‘g‘lining har bir harakatini kuzatib, uni o‘z jamoasiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bunda Angliya, Ispaniya, Germaniya, Fransiya va Italiyaning eng mashhur klublari ham borligi aytilmoqda.
Ushbu turnir kichik Ronaldu uchun professional futboldagi ilk jiddiy qadam bo‘lishi mumkin. Uning jahon yulduzi bo‘lgan otasiga munosib voris bo‘lish ehtimoli ko‘plab mutaxassislarning diqqat markazida turibdi.
Zamin.uz tahririyati bu yosh iqtidor egasining kelajagini diqqat bilan kuzatib, uning karyerasidagi muhim xabarlarni sizlarga yetkazib berishda davom etadi. Sizcha, kichik Ronaldu otasi kabi yulduzga aylanadimi? Bu haqda qanday fikrdasiz? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing