date
views 636

Rio Ferdinand: “Men bu bolaning o‘yinlarini stadiondan kuzatdim...”

Rio Ferdinand: “Men bu bolaning o‘yinlarini stadiondan kuzatdim...”
Angliya futbolining afsonasi, “Manchester Yunayted”ning sobiq markaziy himoyachisi Rio Ferdinand futbol olamida katta shov-shuvga sabab bo‘ladigan bayonot bilan chiqdi. Unga ko‘ra, hozirda dunyo futbolida eng yuqori darajadagi o‘yinchi — “Barselona”ning 17 yoshli iste’dodi Lamin Yamal.

Championat nashri yozishicha, Ferdinand Yamalning o‘yin uslubi va o‘yindagi xulq-atvoriga baland baho bergan.

“Men bu bolani juda yaxshi ko‘raman. U futbolni go‘yo boshqacha o‘qigandek harakat qiladi. 28 yoshli futbolchi kabi qaror qabul qiladi, har qanday bosim ostida ham xotirjam. Yevropaning yarim finalida, “Inter”ga qarshi uchrashuvda uning harakatlarini jonli kuzatdim. U harakat qilgan qanotdan o‘yinni tomosha qildim va ko‘zim undan uzilmadi. Bu mening so‘nggi yillardagi eng yodda qolarli futbol taassurotlarimdan biri bo‘ldi,” — deya ta’kidlagan Ferdinand Mundo Deportivo nashriga.

Lamin Yamal bu mavsumda “Barsa” safida barcha musobaqalarda 54 uchrashuvda maydonga tushdi. U 18 ta gol urib, 25 ta assist muallifi bo‘ldi — bu 17 yoshli futbolchi uchun juda yuqori ko‘rsatkichdir.

Zamin.uz tahririyati Lamin Yamalning rivoji, terma jamoa va klubdagi kelgusi faoliyatini kuzatishda davom etadi. Siz uni kelajakda qanday darajada ko‘rasiz? “Barselona”da yangi “Messi” dunyoga keldimi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rio Ferdinand: “Men bu bolaning o‘yinlarini stadiondan kuzatdim...”