
Madridning “Real” klubida 2012 yildan buyon mehnat qilib kelayotgan va jamoaning so‘nggi o‘n yillikdagi eng katta yutuqlarida asosiy rol o‘ynagan xorvat yulduzi Luka Modrichning shartnomasi joriy yilning 30 iyun kuni o‘z nihoyasiga yetadi. Klub rahbariyati avvalroq 39 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni yakunlash niyatida edi.
Biroq vaziyatni tubdan o‘zgartirgan omil — “qaymoqranglilar”ning bo‘lajak bosh murabbiyi Xabi Alonso bo‘ldi. Marca nashrining yozishicha, Alonso tajribali pleymeykerning so‘nggi mavsumdagi jismoniy holati va o‘yin saviyasidan qattiq taassurotda qolib, rahbariyatdan Modrich bilan kelishuvni uzaytirishni so‘ragan.
Modrichda hali to‘xtash niyati yo‘q
Xorvatiya terma jamoasi sardori faoliyatini aynan “Real”da yakunlashni ko‘p yillardan buyon orzu qilib keladi. Garchi futbolchi 40 yoshga yaqinlashgan bo‘lsa-da, yakunlanayotgan mavsumda ham u jamoa uchun muhim bahslarda maydonga tushib, yuqori darajada o‘ynashini namoyish etdi.
Alonsoning ishonchi — yangi sahifaning boshlanishi
Modrich o‘zining sevimli klubida yana bir yil qolish uchun maoshini keskin qisqartirishga ham rozi bo‘ldi. Unga faqat bir yillik shartnoma taklif qilinadi. Shu bilan birga, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati (15 iyun – 13 iyul) doirasida Xabi Alonso Modrichdan foydalanish niyatida. Ushbu musobaqa 39 yoshli futbolchi uchun “qaymoqranglilar” safidagi so‘nggi xalqaro imtihon bo‘lishi mumkin.
Luka Modrich Xabi Alonsoning ishonchi va hurmatini yuksak baholab, uning bu qarorini faoliyatidagi “ehtiromli burilish nuqtasi” sifatida qabul qilmoqda.
Zamin.uz tahririyatidan:
Modrich singari futbol afsonasining “Real” safida qolishi klub uchun faqat hissiy emas, balki taktik jihatdan ham ulkan yutuq bo‘ladi. Alonso va Modrich kabi ikki futbol miyasining bir jamoada birlashishi – bu jamoaning yanada kuchayishidan darak beradi.
Sizchi, Modrichning “Real”da qolishi qanday samara beradi deb o‘ylaysiz?
MadridRealLuka ModrichXabi AlonsoFutbolShartnomaJamoaO‘yinYutuq O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar