
Madridning “Real” klubi yozgi transferlar yarmarkasida o‘z tarkibini qayta shakllantirish niyatida. Ispaniyaning TodoFichajes nashrining yozishicha, klub rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Dani Sebalos bilan xayrlashishga tayyorlanmoqda.
Manbaga ko‘ra, Sebalos uchun eng asosiy da’vogar – uning sobiq jamoasi “Betis” hisoblanadi. Sevilyaliklar o‘z tarkibini kuchaytirish maqsadida tajribali futbolchini qaytarish niyatida. Biroq “Real” belgilagan narx – 20 million yevro “Betis” uchun ancha yuqori ekanligi aytilmoqda.
Hozirda 28 yoshni qarshilagan Sebalos “qirollik klubi” safida 2027 yilning iyunigacha shartnoma asosida to‘p surishi kerak. Joriy mavsumda u La Liganing 22 ta uchrashuvida qatnashib, asosan zaxiradan maydonga tushgan va himoyaviy vazifalarni bajarish bilan cheklangan. Shunga qaramay, u 4 bor sariq kartochka olgan.
Zamin.uz tahririyati transfer jarayonining keyingi rivojini kuzatishda davom etadi. Siz “Real”ning Sebalosga nisbatan bu qarorini qanday baholaysiz? Uning “Betis”ga qaytishi qay darajada to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi?
MadridRealTransferlarDani SebalosBetisFutbolchiIspaniyaLa LigaShartnoma O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar