date
views 340

Gvardiola qaysi sababga ko‘ra “Man Siti“ni tark etishi mumkinligini aytdi?

Gvardiola qaysi sababga ko‘ra “Man Siti“ni tark etishi mumkinligini aytdi?
Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiola klub rahbariyatiga ochiqcha ogohlantirish bilan chiqdi. Ispaniyalik mutaxassis katta tarkibga ega bo‘lishni istamasligini ta’kidlab, kerak bo‘lsa jamoani tark etishga ham tayyorligini bildirdi.

“Men klub rahbariyatiga aniq aytdim: katta tarkib menga to‘g‘ri kelmaydi. Har turda besh-olti nafar futbolchini tribunada qoldirish, ularni o‘yinga jalb qilmaslik men uchun ma’naviy jihatdan og‘riqli. Men buni istamayman. Agar shunday holat takrorlansa va rahbariyat meni eshitmasa, jamoadan ketaman”, – dedi Gvardiola.

Uning fikricha, ixcham va tartibli tarkib jamoaning ichki muhiti va ruhiy barqarorligi uchun juda muhim. “Har bir o‘yinchi o‘zini muhim his qilishi kerak. Bizda ularni jamoada ushlab turish uchun emas, o‘ynatish uchun kelishadi”, — deb qo‘shimcha qildi murabbiy.

Zamin.uz tahririyati Gvardiolaning bu gaplari klubning yozgi transfer siyosatiga qanday ta’sir ko‘rsatishini diqqat bilan kuzatadi. Siz Gvardiolaning bunday talabini qo‘llab-quvvatlaysizmi? Ixcham tarkib muvaffaqiyat kafolatimi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola qaysi sababga ko‘ra “Man Siti“ni tark etishi mumkinligini aytdi?