
Karlo Anchelotti "Real Madrid" klubi bilan yana bir tarixiy davrni yakunlash arafasida turibdi. Italyan mutaxassisi o‘zining ketishi oldidan o‘ta samimiy va chuqur ma’noli so‘zlar bilan muxlislariga, futbolchilarga va klub rahbariyatiga minnatdorchilik izhor qildi.
Anchelotti matbuot anjumanida shunday dedi:
“Men bu yerdan xafa bo‘lib ketmayapman, aksincha – baxt va iftixor bilan ketyapman. “Real”da o‘tkazgan har bir daqiqam men uchun katta ne’mat bo‘ldi. Prezident Florentino Peres bilan munosabatlarimiz doimo samimiy va anglashuvchan ruhda bo‘ldi. U menga boshidan oxirigacha ishondi va qo‘llab-quvvatladi.”
Tajribali murabbiyning fikricha, jamoa tarkibidagi yangilanishlar tabiiy jarayon. “Ha, Luka Modrich ketmoqda. Bu bir davrning nihoyasi – “oltin” avlodning rasman yakunlanishi. Albatta, Dani Karvaxal hali safda, ammo u ham jarohati tufayli doimiy o‘yin amaliyotiga ega emas. Biz avval Kazemiro, Ronaldu, keyinchalik Benzema bilan ham xayrlashganmiz. Futbol shunday – har davr o‘z o‘rnini boshqasiga bo‘shatadi.”
Anchelotti alohida ta’kidladiki, “Real” har qanday vaziyatda ham dunyo futbolida yetakchi klub bo‘lib qoladi. “Bu klub hamisha eng yaxshi bo‘lgan. Bugun ham, ertaga ham, keyin ham shunday bo‘ladi.”
“Eng esda qolarli o‘yin? Javob berish qiyin. “PSJ”, “Chelsi” va “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinlardagi kambeklar – bunday “remontada”lar unutilmaydi. Bu o‘yinlarda biz “Bernabeu”dagi sehrni qayta his qilganmiz”, – deydi Anchelotti.
U shuningdek, o‘z o‘rnini egallaydi deb taxmin qilinayotgan Xabi Alonso haqida ham fikr bildirdi:
“Uda butun zarur sifatlar bor. Men unga faqat omad va tinchlik tilayman. Uning qo‘li ostidagi “Real” ham o‘z tarixini yozishiga ishonaman.”
Anchelotti, so‘nggi gap sifatida, "Real" bilan munosabatlarini so‘z bilan ifodalash mushkulligini, ammo bu munosabat “abadiy asal oyi”dek kechayotganini aytib o‘tdi:
“Bu klub mening hayotimda o‘chmas iz qoldirdi. “Real” – bu mening yuragimdagi klub.” “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar