date
views 79

Florian Virs nega “Bavariya”ni emas, “Liverpul”ni tanladi?

Florian Virs nega “Bavariya”ni emas, “Liverpul”ni tanladi?
Florian Virs tanlov qildi: u “Bavariya” emas, “Liverpul”ni afzal ko‘rdi — deb Bayern & Germany xabarida aytiladi.

Bu qaror ortida asosiy omil sifatida yangi bosh murabbiy Arne Slot ko‘rsatilmoqda. Ular o‘rtasida bo‘lib o‘tgan shaxsiy uchrashuvda Slot Virsga juda aniq va ishonchli sport rejasini taqdim etdi. Yigit esa buni katta motivatsiya bilan qabul qildi.

Aytish kerakki, “Bavariya” ham o‘z loyihasini taqdim etdi. Ammo ularning rejasi yetarlicha aniq bo‘lmagani uchun Virsda shubhalar qoldi. Shuning uchun ham u “Liverpul”da o‘zini ko‘proq ishonchi bor jamoa a’zosi sifatida his qildi.

Pul masalasi esa bu gal hal qiluvchi rol o‘ynamadi. Har ikki klub ham deyarli bir xil shartlar taklif etgan.

Endi esa savol tug‘iladi: “Virs tanlovida yutishda Arne Slotning roli qanchalik katta bo‘ldi?”
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Florian Virs nega “Bavariya”ni emas, “Liverpul”ni tanladi?