
2025-yil 24-may kuni Luka Modrich “Real Madrid” safidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi. U jamoasi bilan birgalikda “Santiago Bernabeu” stadionida “Real Sociedad”ga qarshi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va o‘yindan so‘ng muxlislarga xayrlashuv nutqini so‘zladi.
Modrich shunday dedi:
“Men juda yaxshi ko‘rgan jumla bilan yakunlayman: yig‘lama, chunki hammasi tugadi — kul, chunki bu sodir bo‘ldi. Yasha Real va boshqa hech narsa kerak emas. Rahmat.”
Modrich “Real”da 13 mavsum o‘ynadi va ko‘plab sovrinlarga erishdi. U klub tarixidagi eng afsonaviy futbolchilardan biri sifatida eslanadi, deb euro-football.ru xabar berdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar