
Angliya chempionshipida yana elitaga qaytishni maqsad qilgan “Sautgempton” klubi yangi bosh murabbiy tayinladi — deb Sky Sports ma’lum qildi. Yangi mavsumdan boshlab jamoani fransiyalik mutaxassis Uill Still boshqaradigan bo‘ldi.
32 yoshli mutaxassis “Lans” jamoasidagi faoliyati bilan nom qozongan bo‘lib, u yaqinda klub bilan shartnomani o‘z xohishi bilan bekor qilgandi. Uning “Sautgempton” bilan kelishuvi 3 yillik muddatni o‘z ichiga oladi. Bu qaror jamoaning uzoq muddatli rejalarini amalga oshirishda muhim qadam sifatida baholanmoqda.
Uill Still futbol muxlislariga, ayniqsa, o‘zbekistonliklar uchun begona emas — u vaqtlarida “Lans” safida himoya qilgan Abduqodir Husanovning ham murabbiyi bo‘lgan. Uning taktik yondashuvi, yosh bo‘lishiga qaramay, juda zamonaviy va tajribali mutaxassislar qatorida tilga olinadi.
Endilikda “Sautgempton” rahbariyati undan jamoani APLga qaytarish, yangi ruh bag‘ishlash va yosh futbolchilarni tarbiyalashni kutadi. Klubning yangi davri Uill Still bilan boshlandi — endi esa uning qanday natija ko‘rsatishi barcha uchun qiziq. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar