
Angliya Premer-Ligasining 2024/25 mavsumi shiddatli kurashlar va kutilmagan natijalar bilan yakunlandi. So‘nggi turdagi bellashuvlar barcha uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi va mavsumning umumiy manzarasini tubdan o‘zgartirdi.
"Manchester Yunayted" — nihoiy zarba!
Tarixda ilk marta APLni 15-o‘rinda yakunlagan “Manchester Yunayted” jamoasi so‘nggi turda “Aston Villa”ni mag‘lub etdi va shu bilan unga Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini bermay qo‘ydi. Bu o‘yinda Unai Emeri shogirdlari katta iroda namoyon qilgani bilan, natija yetarli bo‘lmadi — “Chelsi” ulardan o‘zib ketdi.
Chempionlar Ligasiga yo‘llanmalar:
1. Liverpul — 84 ochko
2. Arsenal — 74 ochko
3. Manchester Siti — 71 ochko
4. Chelsi — 69 ochko
5. Nyukasl — 66 ochko
Garchi "Nyukasl" beshinchi o‘rinda qolgan bo‘lsa-da, yangilangan reytinglar asosida ular ham CHLda qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.
Yevropa Ligasiga yo‘llanmalar:
6. Aston Villa — 66 ochko (to‘rtlikka kirish imkoniyatini “MYU” barbod qildi)
7. Kristal Pelas — 53 ochko (UEFA reytingiga ko‘ra ehtimoliy yo‘llanma)
Konferensiyalar Ligasi:
7. Nottingem Forest — 65 ochko (Tarixiy natija va yangi sahifa)
Abduqodir Husanov – qaydnomada yo‘q
“Manchester Siti” safida to‘p surgan himoyachi Abduqodir Husanov so‘nggi turdagi o‘yinda qaydnomaga kiritilmadi. Uning mavsum davomidagi faoliyati futbol jamoatchiligida turli bahslarga sabab bo‘ldi. Kelasi mavsumda u o‘zini yangi jamoada ko‘rsatishi ehtimoli ham yo‘q emas.
Qaysi jamoalar qoldi, qaysilar ketdi?
APLda omadsiz tarzda “Sautgempton”, “Ipsvich” va “Lester” jamoalari elitani tark etdi. Eng kam ochko to‘plagan klub — 12 ochko bilan “Sautgempton”.
APLning 2024/25 mavsumida dramalar, syurprizlar va kutilmagan burilishlar juda ko‘p bo‘ldi. Bir tomondan, “Liverpul” chempion sifatida mavsumni yakunlagan bo‘lsa, boshqa tomondan, top jamoalardan biri sanalgan “Aston Villa” esa so‘nggi turda Chempionlar Ligasidan qoldi. Yana bir mavsum tarixga aylandi — endi esa navbatda Yevrokuboklar va yangi transferlar davri. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar