
A Seriyada 2024/25 mavsumi o‘z yakuniga yetmoqda va so‘nggi tur bahslari arafasida futbol muxlislarining diqqati yana bir muhim uchrashuvga qaratilgan — “Roma” klubi safarda “Torino”ga qarshi maydonga tushadi. Bu bellashuv uchun rimliklar asosiy tarkibini e’lon qildi va unda o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning ham ismi bor.
Klaudio Raneri boshchiligidagi “Roma” so‘nggi turni maksimal ruhda o‘tkazish niyatida. Jamoa bosh murabbiyi ushbu uchrashuv uchun quyidagi futbolchilarga ishonch bildirdi:
Asosiy tarkib:
Darvozabon: Matey Svilar
Himoyachilar: Zeki Chelik, Djanluka Manchini, Evan N'Dikka
Yarim himoyachilar: Aleksis Sayelemakers, Xamari Traore (Kone), Leandro Paredes, Brayan Kristante, Anxelino
Hujumchilar: Mattias Sule, Eldor Shomurodov

Bugungi bahs Eldor Shomurodov uchun ham alohida ahamiyatga ega. Uning A Seriyadagi ishtiroklari so‘ngi paytlarda sezilarli darajada ortgan va bu uchrashuvda ham u o‘zini namoyon qilishga harakat qiladi. Uning qo‘shilgan tajribasi va hujumdagi faolligi “Roma”ning to‘purarlik samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shuningdek, jamoada Paredes va Kristante kabi tajribali yarim himoyachilarning borligi, Sayelemakers va Anxelino singari qanot futbolchilarining harakatlari “Roma”ning o‘yin uslubiga dinamika va barqarorlik qo‘shishi mumkin.
“Roma” uchun bu o‘yin mavsumni yaxshi kayfiyatda yakunlash imkonini beradi. Shomurodov va uning jamoadoshlari “Torino”ga qarshi bahsda muxlislarga yuqori darajadagi o‘yin taqdim etishi kutilmoqda. Eldor uchun esa bu — o‘zini yana bir bor namoyon qilish, kelasi mavsumdagi pozitsiyasi uchun asos yaratish imkoniyati. Muxlislar esa sevimli futbolchisining qanday o‘yin namoyon etishini sabrsizlik bilan kutmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar