
La Liganing 38-turida "Barselona" safarda "Atletik" ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Robert Levandovski 14 va 17-daqiqalarda dubl qayd etdi, uchinchi gol esa 90+4-daqiqada penalti orqali Dani Olmodan keldi.
O‘yinda to‘p nazorati "Barca" tomonida bo‘ldi — 76%. Barselona raqibdan ancha ko‘p uzatma (719) va aniq paslar (92%) amalga oshirdi.
Turnir jadvaliga ko‘ra, "Barselona" mavsumni 28 g‘alaba, 4 durang va 6 mag‘lubiyat bilan yakunlab, 88 ochko to‘pladi va chempion bo‘ldi. "Real Madrid" esa 84 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi.
"Atletik" va "Vilyarreal" 70 ochkodan jamg‘arib, 4-5-o‘rinlarni bo‘lishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar