
O‘zbekiston Superligasida “Andijon”ni boshqarayotgan murabbiy Maksim Shatskix sports24 nashriga intervyu berib, milliy terma jamoamizning ikki yulduzli futbolchisi – Abduqodir Husanov va Eldor Shomurodov haqidagi fikrlarini bildirdi. Shu orqali u nafaqat o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi, balki ayrim jiddiy masalalarga munosabat ham bildirdi.
Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”dagi mavqei so‘nggi oylarda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzulardan biri bo‘lib turibdi. Katta umidlar bilan jamoaga kelgan o‘zbekistonlik yosh himoyachi oxirgi marta mart oyida maydonga tushgan va shundan beri “shaharliklar”ning asosiy tarkibidan chetda qolmoqda. Bu orqali uning ijaraga berilishi haqida gap-so‘zlar avj oldi. Xususan, ispan va britaniya OAVlari Husanovning “Barselona”ga yo‘l olishi mumkinligini yozmoqda.
Shatskix bu masalaga o‘z munosabatini shunday izohladi:
— Bu yerda hech qanday xavotirli jihat yo‘q. Abduqodir hali yosh, karyerasining boshida. “Manchester Siti” uni top-klublar qatorida ijaraga beradi. Agar bu jamoa “Barsa” bo‘lsa, bu — nafaqat jazo emas, balki mukofot, — dedi u hazilomus lahzada.
Shuningdek, u “Barselona”ning himoya chizig‘idagi muammolarga e’tibor qaratdi:
— Ronald Arauxo singari himoyachilar bor, lekin ular doimiy ravishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yishmoqda. Shu nuqtayi nazardan, Husanovga beriladigan imkoniyat faqat foyda keltiradi.
Shatskix Ispaniya va Angliya chempionatlarining farqlariga ham to‘xtalib o‘tdi:
— Ispaniyadagi o‘yin uslubi falsafiy, texnik jihatdan boy va to‘pni oldingi chiziqqa yetkazib berish asosiy vazifa. Hujumchilar o‘z ishini qilishadi. Angliyada esa jismoniy yuklama kuchliroq, har bir o‘yinda maksimal kuch talab etiladi. Men shaxsan Husanovning kelajagidan xavotir olmayman, — dedi tajribali mutaxassis.
So‘nggi savollardan biri Eldor Shomurodov haqida bo‘ldi. Italiyaning “Roma” jamoasidagi faoliyati bilan muxlislarni quvontirayotgan Shomurodov aprel oyida yana jamoasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Klaudio Raneri uni so‘nggi o‘yinlarda Artyom Dovbik bilan tandemda maydonga tushirmoqda.
— Eldor zaxiradan tushib ko‘p gol urayotgan futbolchi. Endi nima uchun unga asosiy tarkibda Dovbik bilan birga o‘ynash imkoniyatini bermaslik kerak? Har narsani amalda sinab ko‘rish kerak. Natijani faqat sinovdan keyin bilish mumkin, — deya izoh berdi Shatskix.
Uning so‘zlaridan kelib chiqsa, nafaqat o‘zbekistonlik futbolchilarning kelajagi porloq, balki ularni to‘g‘ri yo‘nalishda qo‘llab-quvvatlash muhim jihat ekanini ta’kidlash mumkin. Shatskixning ishonchi, xususan, Husanov va Shomurodovga bo‘lgan ishonchi, nafaqat muxlislar, balki futbol muhitining barcha qatlamlari uchun motivatsiya manbai bo‘lishi aniq. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar