
29 May — Majburiy ijro byurosi tashkil etilganiga 8 yil to‘lishi munosabati bilan Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Byuro organlari xodimlari o‘rtasida xodimlarning jismonan sog‘lom bo‘lishlarini ta’minlash, ularning ishdagi mehnat unumdorligini oshirish maqsadida, mini-futbol bo‘yicha “Boshqarma boshlig‘i kubogi” turniri tashkil etildi.
Turnirda hududiy bo‘limlar xodimlaridan iborat 14 ta jamoa kuch sinashib, kubokni qo‘lga kiritish maqsadida jamoalar o‘rtasidagi bahslar murosasiz kechdi.
Hal qiluvchi bahs final o‘yinlaridan so‘ng g‘oliblar aniqlandi. Faxrli 3-o‘rinni “2-Tumanlararo bo‘limi” jamoasi hamda 2-o‘rinni “Uchtepa tuman bo‘limi” egalladi.
Turnir g‘olibligini boshqarma jamoasi qo‘lga kiritdi. Musobaqa yakunida, musobaqa nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi.
Musobaqaning "Eng yaxshi o‘yinchisi" boshqarma katta inspektori B.Haydarov, "Eng yaxshi to‘purar" Byuroning Uchtepa tuman bo‘limi davlat ijrochisi A.Muxamedov hamda "Eng yaxshi darvozabon" sifatida "2-Tumanlararo bo‘limi" davlat ijrochisi S.Djumayevlar deb topildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing