
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti”dagi faoliyatida yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishi mumkin, deb xabar berdi UPL.uz. Dunyodagi eng kuchli klublardan biri hisoblangan jamoa murabbiylar shtabidagi o‘zgarishlar sababli yosh futbolchi uchun yo‘l ochilishi ehtimoldan holi emas.
Yaqinda klub Pep Gvardiola murabbiylar shtabidagi uch nafar muhim shaxs — Xuanme Lillo, Inyo Dominges va Karlos Visens mavsum yakunida klubni tark etishini e’lon qildi. Visens Portugaliyaning “Benfika” klubi bosh murabbiyi bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar mashg‘ulot jarayoniga yangicha yondashuv olib киритиш нияти билан амалга оширилмоқда.
Futbol jurnalisti Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, “Manchester Siti” bo‘shagan murabbiylik o‘rinlariga nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida Kolo Ture va Pep Leynders bor. Ture — sobiq himoyachi, turli klublarda murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Leynders esa "Liverpul"da Yurgen Klopp bilan uzoq yillar ishlagan tajribali mutaxassis.
Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnoma imzolagan ilk o‘zbekistonlik futbolchi bo‘lib, u o‘z yutug‘i orqali mamlakat yoshlari uchun ilhom manbai bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar