
Kevin de Bryuyne bilan xayrlashish qarori “Manchester Siti” rahbariyatini yangi yetakchi topish yo‘lida jiddiy izlanishlarga majbur qildi. Qidiruvlar markazida esa Yevropa futbolidagi eng ko‘zga ko‘ringan yosh iqtidorlardan biri — “Bayer” klubi safida faoliyat olib borayotgan Florian Virs bo‘ldi.
22 yoshli Germaniya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan pleymeyker joriy mavsumda nafaqat o‘z klubining, balki butun Bundesliganing yuragiga aylandi. Uning aniq paslari, raqibni ajal kabi qoralab bosim qiladigan driblingi va hujumni boshqarishdagi mahoratli uslubi ko‘plab grandlarni o‘ziga rom qildi.
“Siti” rahbariyati Virsni De Bryuyne o‘rnidagi ideal nomzod sifatida ko‘rib, uni o‘z tarkibiga qo‘shishni rejalashtirgan edi. Ammo futbolchining qarorini hech kim kutmagan jihat hal qildi — Pep Gvardiolaning kelajagi.
Bild nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Virsning agenti orqali dastlab “Bavariya”ga, keyin esa “Manchester Siti”ga rad javob berishi bejiz emas. Aslida futbolchi Gvardiola qo‘l ostida to‘p surishni juda xohlagan. Ammo ispaniyalik mutaxassisning shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanishi va uning “shuning bilan tamom” degan so‘zlari Virsni fikrini o‘zgartirdi.
Shu orqali Virs o‘z kelajagini mustahkam va strategik barqaror loyiha asosida qurishga bel bog‘ladi. Unga buni aynan “Liverpul” klubi taklif etdi. Yurgen Kloppdan so‘ng klub boshqaruvini qabul qilib olgan Arne Slot nafaqat yangi saflar, balki o‘yin falsafasida ham katta o‘zgarishlar kiritmoqda. Virs esa aynan shunday yangilanishga muhtoj.
Hozirda Florian Virs “mersisaydliklar”ning taklifini puxta o‘rganmoqda va ma’lumotlarga ko‘ra, u transferga rozilik berish arafasida turibdi. Agar bu amalga oshsa, “Liverpul” yangi qahramoniga ega bo‘ladi va “Siti” o‘z rejasini qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladi.
Futbol olamida har bir qaror, har bir shaxsiy fikr butun klub taqdiriga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Florian Virs misolida bu yana bir bor isbotini topmoqda. Shunday ekan, yangi mavsumdagi yirik transferlar jarayoni futbol ishqibozlarini yanada qiziqarli voqealarga guvoh qilishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar