date
views 490

“Barselona” “Espanol”ning darvozaboni Garsiyani 25 mln yevroga sotib olmoqda

“Barselona” “Espanol”ning darvozaboni Garsiyani 25 mln yevroga sotib olmoqda
“Barselona” yangi mavsum uchun tarkibni mustahkamlashni davom ettirmoqda. Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, klub “Espanol”ning asosiy darvozaboni Joan Garsiya bilan shartnoma borasida to‘liq kelishuvga erishgan.

Rasmiy e’lon — hafta so‘ngida

Ma’lumotlarga ko‘ra, 24 yoshli ispaniyalik posbon “Barsa”ga 25 million yevro evaziga o‘tadi. Transfer rasmiy e’lon qilinganicha emas, biroq yaqin haftalarda klub buni ommaga taqdim etishi kutilmoqda.

"Nyukasl" qiziqqan, ammo Garsiya tanlov qildi

Avvalroq Joan Garsiyaga Angliya Premer-ligasining “Nyukasl” klubi ham jiddiy qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq futbolchi “Barselona” taklifini sport va moliyaviy jihatdan eng maqbul deb baholab, aynan shu klubni tanladi.

Mavsumdagi natijalar — ishonch uyg‘otuvchi

Garsiya joriy mavsumda “Espanol” safida barcha musobaqalarda 38 ta uchrashuvda qatnashib, 51 ta gol o‘tkazib yuborgan. Shu bilan birga, u 8 ta uchrashuvni “quruq” o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, Joan Garsiya Joan Primeraning o‘tgan mavsumida seyvlar soni bo‘yicha peshqadamga aylangan. Bu uning individual mahorat va darajasini yaqqol tasdiqlaydi.

Flikning mustahkam tarkib rejasi davom etmoqda

Xans-Diter Flik qo‘l ostidagi “Barselona” yangi davrga qadam qo‘ymoqda. Nemis mutaxassisi jamoada raqobatni oshirish va ishonchli zaxiraga ega bo‘lishni maqsad qilgan. Garsiyaning kelishidan keyin asosiy darvozabon o‘rnida raqobat yanada kuchayishi kutilmoqda.

Joan Garsiyaning “Barselona”ga o‘tishi kataloniyaliklar darvozabonlar safiga muhim qo‘shimcha bo‘lishi shubhasiz. Unig yaqin kelajakda qanday rolda faoliyat yuritishi barcha muxlislar uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona” “Espanol”ning darvozaboni Garsiyani 25 mln yevroga sotib olmoqda